Tadbirkorlarning soliq yuki kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish belgilanadi.

Shuningdek, Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bunda:

•    sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish;

•    elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi yetkazib berishni to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish (buning uchun 2022 yilda 1,5 trln. so‘m ajratish).


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing