Tadbirkorlar diqqatiga: Yevropa O‘zbekistonga bergan imtiyozini 2027 yilgacha uzaytirdi

Biznes

image

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqiga tovarlarni bojsiz yetkazib berish bo‘yicha GSP+ imtiyozlar tizimidan foydalanish muddatini yana to‘rt yilga, 2027 yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 10 apreldan boshlab O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga tovarlarni bojsiz yetkazib berish bo‘yicha GSP+ imtiyozlar tizimiga kirish huquqini olgan. Bu esa O‘zbekiston kompaniyalariga qariyb 6,2 ming turdagi tovarlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bojsiz eksport qilish imkonini bergan. 

“Yevropa Ittifoqi YeIning umumiy imtiyozlar tizimi Plus (GSP+)ni keyingi to‘rt yilga 2027 yil 31 dekabrgacha uzaytirishga qaror qildi”, deyiladi xabarda. 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga imtiyozli mahsulotlar, jumladan, to‘qimachilik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2020 yilga nisbatan ikki baravarga oshib, 647 million dollarga yetgan. 

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda 15,7 foizga oshib, 4,4 milliard dollarni tashkil etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi GSP+

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing