Tadbirkor gvardiyachilar uni bo‘g‘ib, xushidan ketkazganini aytmoqda. Milliy gvardiya holatga izoh berdi

Jamiyat

image
2005 yildagi Andijon voqeasi sababchilarini “Vatan xoini” dedik. 3 bolani yetim qilganlarni kim deymiz? north_east

2005 yildagi Andijon voqeasi sababchilarini “Vatan xoini” dedik. 3 bolani yetim qilganlarni kim deymiz?

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiylari tadbirkor Dovar Jo‘raqulovni niqobi yo‘qligi uchun bo‘g‘ib, hushidan ketkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda gvardiyachilar tadbirkorni nqobsiz yuribdi deb, uyi oldida to‘xtatib, unga kuch ishlatgan. Tadbirkorning otasi atrofdagilar aralashmaganda o‘g‘li o‘lib qolishi mumkinligini aytgan. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 13 iyun kuni soat taxminan 15:00 larda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari M.Niyozov va A.Fayzullayev va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda Sariosiyo tumanida karantin qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazgan. Shu vaqtda Sariosiyo tumani “Lutfkor” mahallasida yashovchi 1995 y.t. Dovar Jo‘raqulov yuziga niqob taqmagan holda 2 nafar sherigi bilan suhbatlashib turgan bo‘lgan. 

Bu holatni ko‘rib hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari tomonidan ularga karantin qoidalariga rioya qilish lozimligi tushuntirilib, ogohlantirish berilgan. Ammo fuqaro Dovar Jo‘raqulov xodimlarga o‘zini tanishtirishdan bosh tortgan, shu bilan birga qoidabuzarlik sodir etganligini tan olmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan qo‘pol muomalasi uchun tuman IIBga borishi tushuntirilganda esa faol jismoniy qarshilik ko‘rsatib, borishdan bosh tortgan.

Milliy gvardiya va IIB xodimlari fuqaroni avtobusga chiqarmoqchi bo‘lishganda, u qarshilik ko‘rsatishni davom ettirib, avtobus zinasiga yotib olgan. Shu payt uning otasi Muxammadi Rajabov kelib avtobus zinasida qarshilik qilayotgan o‘g‘lining oyog‘idan tortib avtobusdan tushirib olishga harakat qilgan va xodimlar bilan baland ovozda janjallashib, o‘g‘lini o‘zi bilan uyiga olib kirib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha Milliy gvardiya va IIB xodimlari Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limiga borib, mutasaddi rahbarlarga ma’lumot bergan hamda ushbu fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, yozma murojaat qoldirgan.

Hozirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining bildirgisiga asosan, Sariosiyo tumani IIB xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Dovar Jo‘raqulovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga portal orqali qilgan murojaati yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari M.Niyozov va A.Fayzullayevning xatti-harakatlariga intizomiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, huquq-tartibot organlari xodimlarining fuqarolarga kuch ishlatishi bilan bog‘liq vaziyat hozirda muhokama markazida bo‘lib turibdi. Bunga Andijon shahrida fuqaroning IIB binosida kaltaklanib, oradan ikki haftaga yaqin vaqt o‘tgach, vafot etgani sabab bo‘ldi. Undan keyin esa Nukusda IIB va Milliy gvardiya xodimlari fuqaroni niqobsiz yurgani uchun kuch bilan xizmat mashinasiga chiqarmochi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Qizig‘i oxirgi ikki holatda organ xodimlari fuqaroga karantin qoidasini buzish vaji bilan kuch ishlatgani iddao qilindi. Qiziq, karantin kuchishlatar tuzilmalarning o‘zboshimchaliklarini haspo‘shlash quroliga aylanib qolmadimi?


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Milliy gvardiya

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing