Tadbirkor eksperiment sifatida Toshloqqa hokim etib tayinlangan

Jamiyat

image

Avvalroq, Abduqahhor Jo‘raboyev Farg‘ona viloyatining Toshloq tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

U yangi lavozimga tayinlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy OAVda Jo‘raboyev viloyatdagi “Expo Kollor Prin Teks” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari ekani haqida xabarlar tarqalib ketdi.

O‘zAning yozishicha, mamlakatda ilk bor paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari eksperiment sifatida Toshloq tumanining hokimi etib tayinlangan.

“Bugun Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan viloyat faollar yig‘ilishida foliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. “Tadbirkor-islohotchi” g‘oyasi asosida hududning ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanishida ularning o‘rni muhim bo‘lishi xususida aniq vazifalar belgilab olindi”, deyiladi xabarda.

Abduqahhor Jo‘raboyev O‘zbekistondagi birinchi tadbirkor-hokim emas. Undan oldin mamlakatdagi ko‘zga ko‘ringan kompaniyalar ta’sischisi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahriga hokim etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshloqning sobiq hokimi Shuhratjon Abdusalomov faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun shaxsan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ishdan olindi. Unga qo‘shib, tuman bosh soliqchisi ham lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshloq tumani Abduqahhor Jo'raboev

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing