Hukumat Toshloqda kambag‘allikni qisqartirish uchun qariyb 900 mlrd yo‘naltiradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanini 2020–2022 yillarda kompleks rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi “2020–2022 yillarda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorning maqsadi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida kambag‘al oilalarning yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, ular uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi aholini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash, uy-joyga muhtojlar talabini qondirish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Qarorda tumandagi aholi bandligi darajasini oshirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya, xususan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylar qurish, ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, mutaxassislar malakasini va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish hamda bu sohada xususiy sektor ulushini ko‘paytirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va oborotdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni jadal rivojlantirish, kambag‘al xonadonlariga subsidiya ajratish asosida yengil konstruksiyali issiqxona xo‘jaliklari barpo etish va xunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlari tashkil etish tadbirlari nazarda tutilgan.

Jumladan, umumiy qiymati 554,8 mlrd.so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 182,7 mlrd.so‘mlik muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda 157,4 mlrd.so‘mlik ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash kabi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Jami 896 mlrd 852 mln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshloq tumani

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing