Tabiiy ofatning Qashqadaryoga yetkazgan talafotlari ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 27 aprel kuni soat 21:15 dan 23:05 ga qadar Qashkadaryo viloyati hududiga kuchli shamol (20-25 m/s tezlikda) kuzatildi va bu holat bir qancha talafotlarni keltirib chiqardi. Qashqadaryoda yuzaga kelgan favqulodda holat yuzasidan viloyat komissiyasi axboroti e’lon qilindi.

Kelib tushgan murojaatlar va qo‘shimcha o‘rganishlar davomida viloyat hududida kuchli shamol natijasida 3 ta ko‘p qavatli uylarning 1020 m kv tom qoplamasi, 52 ta yakka tartibdagi turar-joy binolarining tom qoplamasi, 2 ta tashkilot binosining 200 m kv tom qoplamasi, 2 ta ichki gaz quvuri, 5 ta issiqxonalar va 97 ta turli-xil kattalikdagi daraxtlar zararlanganligi aniqlandi.

Shuningdek, daraxtlar va binolarning tom qismlari qulashi natijasida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida favqulodda o‘chishlar yuzaga keldi.

Hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat FVDT xizmatlarining tegishli kuch va vositalarini jalb etgan holda kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ushbu tadbirlarga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy tuzilmalari tomonidan 16 ta texnika 75 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Avvalroq, tabiiy ofatning Buxoro viloyatiga yetkazgan zarari haqida ma’lumot bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga borib-keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tabiiy ofat

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing