Tabiiy gaz to‘g‘risida qonun va kodeks qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda neft-gaz tarmog‘ini isloh qilishda mavjud qonunchilik bazasi jiddiy va tub islohotlarga muhtoj ekani ta’kidlandi. Bu haqda Energetika vazirining o‘rinbosari Behzot Normatov xalqaro moliya institutlari ishtirokida mamlakat energetika sektorini yanada isloh qilishga bag‘ishlangan davra suhbatida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

1

Shuning uchun, tegishli qonunchilik bazasini yaratishda quyidagilar taklif etilmoqda:

1. 2021 yilning oxiriga qadar uglevodorodlarni qidirish va qazib olish faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi modernizatsiya qilinishi zarur bo‘lib, “Uglevodorodlar to‘g‘risida”gi yagona qonunda birlashtirish;

2. 2021 yilning oxiriga “Tabiiy gaz to‘g‘risida” yangi qonunni qabul qilish; Bunda: 

•    Gazni uzatish va qayta ishlashni tartibga soluvchi organ (Regulyator) vazifalarini belgilash;

•    “O‘ztransgaz” AJ gaz bilan ta’minlash rolidan ajratilib, uning uzatish va saqlash tizimining samarali operatori sifatidagi roli va vazifalarini belgilash;

•    Tabiiy gaz bozori ishtirokchilarining huquqlari va vazifalarini belgilash;

•    Mintaqaviy gaz bozorining integratsiyasini rivojlantirishni belgilash;

3. 2023 yilga qadar iste’molchilarning tarmoqqa shaffof va teng huquqli kirishi, uzatish va saqlashda quvvatni taqsimlash mexanizmi va tarif metodologiyasi uchun “Tabiiy gaz tarmoqlari kodeksi”ni qabul qilish;

4. 2023 yilga qadar atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha, shu jumladan, yo‘ldosh gazlarni yoqishni kamaytirish, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik bazasini qayta ko‘rib chiqish;

5. 2023 yilga qadar energiya samaradorligiga oid qonunchilik hujjatlariga tarmoq operatorlari uchun energiya samaradorligi bo‘yicha majburiyatlar tizimini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritish.

Davra suhbati davomida shuningdek, elektr energetika va neft-gaz tarmoqlarini yanada isloh qilish bo‘yicha Tavsiyalar va “Yo‘l xaritalari” muhokama qilinib, ularni tayyorlashda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining xalqaro ekspertlari va maslahatchilari ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy gaz

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing