Tabiiy boyliklardan samarali foydalanish atrof-muhit va mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim
Jamiyat
−
18 Sentabr
1571O‘zbekistonda Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar mavjud, mamlakat foydali qazilmalarning ulkan zaxirasiga ega bo‘lgan o‘lka hisoblanadi.
Mamlakat ko‘pgina foydali qazilmalarning prognoz qilingan hajmiga ko‘ra jahonda yetakchi o‘rinlarda turadi. Tabiiy boyliklardan samarali foydalanish mamlakat iqtisodiyoti va atrof-muhit musaffoligi uchun juda muhim hisoblanadi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘z saylovoldi platformasida davlatning yerosti va yerusti zaxiralarini himoya qilish, tabiiy boyliklarni samarasiz qazib olishni cheklash choralarini ko‘rish tashabbusini ilgari surmoqda.
Partiya bu yo‘nalishda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:
- tabiiy boyliklarni samarali va ekologik jihatdan xavfsiz qazib olish uchun qonunlarni takomillashtirish;
- ekologik ta’sirni baholash, ya’ni qazib olish faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini baholash va tegishli choralarni ko‘rish;
- tabiiy resurslarni samarali va ekologik jihatdan to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha tadbirlar, seminarlar va ta’lim dasturlarini tashkil qilish;
- jamoatchilikning tabiiy resurslar samarali boshqarilishidagi ishtirokini ta’minlash va ularning fikrlarini inobatga olish.
Partiya tomonidan ilgari surilayotgan ushbu tashabbus, shubhasiz, ekologik barqarorlikni saqlash va tabiiy resurslardan foydalanishning uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ladi.
LiveBarchasi