Tabiat “tuhfasi”: AQSHda o‘rmon yong‘inlari tobora avj olmoqda (fotoreportaj)

Olam

image
Turkiya olov ichida: o‘rmon yong‘inlari elektr stansiyasiga ham yetib keldi (video) north_east

Turkiya olov ichida: o‘rmon yong‘inlari elektr stansiyasiga ham yetib keldi (video)

AQSHning Kaliforniya shtatida Dixie deb nomlangan yirik yong‘in so‘nggi bir necha kun ichida 110 ming gektardan ziyod maydonni qamrab oldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmati saytida xabar berilgan.  

Joriy yilning 14 iyul kuni Shimoliy Kaliforniya shtatining Byutt va Plyumas okruglarida boshlangan yong‘in so‘nggi bir necha kun ichida juda tez o‘sgan va 110 ming gektar maydonni egallagan. Yong‘inning 35 foizigina o‘chirilgan. 

Mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bo‘limining xabar berishicha, kuchli shamol va tik relef olovni o‘chirishni qiyinlashtirmoqda. Issiq, quruq ob-havo olovni yoyishda davom etishi kutilmoqda. 

3 avgust kuni alanga natijasida taxminan 15 ming odam evakuatsiya qilingan. Yong‘in allaqachon 67 ta uyni vayron qilgan. Aholi orasida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. 

Shuningdek, Oregon shtatida joriy yilning 6 iyulidan boshlab, Bootleg yong‘inlari davom etmoqda. O‘t o‘chiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, u 167 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. Qayd etilishicha, bu yong‘in taxminan 84 foiz o‘chirilgan. 

Milliy idoralararo yong‘inga qarshi markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 3 avgust holatiga 20 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va yordamchi xodimlar AQSHning 13 shtatida 7 ming 560 kvadrat kilometr maydonda 97 ta katta, faol o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyulida Turkiyada ham o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Shuningdek, Gretsiyada rekord harorat tufayli katta yong‘inlar sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kaliforniya Oregon

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing