Turkiya olov ichida: o‘rmon yong‘inlari elektr stansiyasiga ham yetib keldi (video)
Olam
−
05 avgust 2021
10616Turkiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari janubi-g‘arbiy Mug‘la viloyatining Milas tumanida joylashgan Kemerko‘ydagi issiqlik elektr stansiyasiga yetib keldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kuchli shamol ta’sirida olov ko‘lami IESning simli panjarasiga etib kelgan. Tez yonadigan va portlovchi moddalar ob’ektdan olib tashlanib, stansiya xodimlari evakuatsiya qilinmoqda.
Shahar hokimi Muhammad Toqat olov allaqachon issiqlik elektr stansiyasiga tarqalganini ta’kidladi.
“Olov issiqlik elektr stansiyasini qamrab oldi, xodimlar evakuatsiya qilinmoqda, shu sababli sirenalar ishlamoqda deb yozgan”, hokim o‘zining Twitter sahifasida.
Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishda suv tankerlari va o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilingan. Biroq kuchli shamol tufayli yong‘inni o‘chirish murakkablashmoqda.
Turkiya olov ichida
Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.
Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Ukraina, Rossiya va Ispaniya ham Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun yordam kuchlarini yubordi.
LiveBarchasi