Ta’lim vaziri etikani buzgani uchun ishdan olindi. Qirg‘izistonda
Olam
−
10:06 2325 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov fan va ta’lim vaziri Baxtiyor Orozovni “davlat xizmatchisi etikasiga rioya qilmagani” uchun ishdan oldi. Bu haqda mamlakat Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Kaktus.media’ning yozishicha, Orozov 15 dekabr kechasi Chuy viloyatining Koy-Tosh qishlog‘ida mast holda mashina boshqarayotganida hibsga olingan. Keyinchalik viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bu ma’lumotni tasdiqlagan.
“Tekshiruv davomida haydovchida alkogol mastligi belgilari kuzatildi. Shuning uchun u Bishkek markaziy narkologiya bo‘limiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborildi va uning alkogol iste’mol qilgani tasdiqlandi. Haydovchiga nisbatan Huquqbuzarlik kodeksining 193-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzildi. Avtomobil ixtisoslashtirilgan jarima maydonchasiga joylashtirildi”, deyiladi tashkilot xabarida.
E’lon qilgan videoda Orozovning o‘zi pivo ichganini aytgan.
Orozov 2025 yil may oyidan beri Fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston TIV rahbari lavozimidan bo‘shatilgandi.
Live
Barchasi