Svetlana Osipova Osiyo o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
28 Sentabr 2023 3917 1 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr kuni Xanchjou-2022 musobaqasining 5-kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 30 taga yetdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, taekvondo WT bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. U murosasiz kechgan yarim final jangida xitoylik Zeki Chjouga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Shuningdek, Vladimir Svechnikov o‘q otish dasturida delegatsiya hisobiga yana bir medalni keltirdi. U 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu orqali O‘zbekiston delegatsiyasi jami 30 medal (6 ta oltin, 10 ta kumush, 14 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 4-pog‘onasini band etib turibdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr