Suzishning foydali xususiyatlari haqida bilasizmi? 

Salomatlik

image

Sport inson salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom turmush tarzi jismoniy tarbiya va sport bilan uyg‘unlashadi. Quyida suzish sport turi haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. 

Bundan besh yil oldin — 2016 yilda Garvard universiteti tadqiqotchilari muntazam suzish mashg‘ulotlari yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, ushbu sport turi jarohatlardan yoki jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng tiklanayotganlar uchun ayni muddao. 

“Suzish semizlik va artritdan aziyat chekayotganlar uchun foydalidir: u suyaklar va bo‘g‘imlardagi yukni kamaytiradi”, degan Garvard tibbiyot maktabining tibbiyot professori Ay-Min Li. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, suzish nafaqat tanadagi deyarli barcha mushaklarni ishlatadi, balki ko‘p miqdordagi kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, u miyani zararlardan himoya qiladi. 

Bundan tashqari, Janubiy Karolina universiteti professori Stiven Bler suzish yurak-qon tomir tizimining jismoniy harakatga qarshi turish qobiliyatini oshirishini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, ushbu sport turi barcha uchun, shu jumladan surunkali kasalliklarga chalinganlarga juda mos keladi. 

Suzishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, suv odamlarni yengil qiladi, ya’ni bo‘g‘imlardagi yukni yengillashtiradi. Bu, ayniqsa, ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 

Suv, shuningdek, havodan ko‘ra ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi, bu esa odamlarga minimal darajada shikastlanish xavfi bilan kuchli jismoniy mashqlar qilishga imkon beradi. Suzish har qanday yoshdagi odamlar shug‘ullansa bo‘ladigan mashg‘ulotdir.


Maqola muallifi

Teglar

sport suzish

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing