Eronlik sportchi ro‘molsiz tryuklari uchun hibsga olindi

Olam

image

Eronda ayollar sport murabbiyi Xaniya Shariati Rudposhti ro‘mol o‘ramasdan omma oldida akrobatik harakatlarni amalga oshirgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Iran International” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda majburiy hijob to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davom etmoqda. Norvegiyaning Hengau inson huquqlari tashkiloti sportchi 9 noyabr kuni kechqurun hibsga olinganini xabar qildi.

Bunga ommaviy kiyinish qoidalariga zid deb topilgan ko‘cha tomoshasi sabab bo‘lgan. Shariati hibsdan so‘ng oilasi bilan qisqa telefon suhbatiga ruxsat olgan. Biroq uning hozirgi joylashuvi noma’lumligicha qolmoqda.

“Sportchining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, jumladan, qariyb 160 ming obunachiga ega Instagram'dagi sahifasi xavfsizlik xizmati tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

So‘nggi haftalarda Eronning yuqori lavozimli amaldorlari hijob qonunlariga qat’iyroq rioya qilishni talab qilmoqda. Eron bosh prokurori Muhammad Muvahhidi Ozod kiyinishning islomiy me’yorlariga amal qilish diniy burch ekanini eslatib, prokurorlar bu me’yorlarga zid harakatlarga qat’iy chora ko‘rishi lozimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron ayollar uchun hijob o‘rash talabini bekor qilib, uni o‘ramaslik uchun jarima va qonuniy sanksiyalar qo‘llanmasligi xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sport Eron Xaniya Shariati Rudposhti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing