Jahon chempionati sovrindori O‘zbekiston fuqaroligini oldi

Sport

image

Sinxron suzish bo‘yicha Jahon chempionatining kumush medali sohibi, rossiyalik Anastasiya Baxtireva O‘zbekiston fuqaroligini oldi. Bu haqda u “Match TV” telekanaliga ma’lum qildi.

Endi sinxron suzuvchi musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etadi.

“Onam ish sababli O‘zbekistonga ko‘chib o‘tdi va meni ham o‘zi bilan borishga taklif qildi. Men, albatta, rozi bo‘ldim va sport faoliyatimni nega davom ettirmasligim haqida o‘ylab ko‘rdik”, deydi Baxtireva.

Jahon chempionati sovrindori sport fuqaroligini o‘zgartirishni Rossiya terma jamoasidagi yaqin dugonasi va jamoadoshi Violetta Yevenkogo taklif qilganini ham aytdi. U rozi bo‘lgan va hozir ikki sportchi Osiyo o‘yinlariga birgalikda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Baxtireva 2025 yilgi Jahon chempionatida guruh dasturlarida ikki karra kumush medal sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika boshlagan ko‘p sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqa) o‘yinlarining ikki karra chempioni va uch karra Yevropa chempioni hisoblanadi. 21 yoshli Violetta Yevenko esa o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining uch karra g‘olibi sanaladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing