Suzish: o‘zbekistonlik Nataliya Kritinina saralash bosqichidayoq Olimpiadani tark etdi

Sport

image

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Kritinina saralash bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketdi.

50 metrga erkin suzish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik suzuvchi 26.93 soniya natijani qayd etdi. Bu esa oltinchi saralash guruhi vakillari orasidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Qolgan guruhlardagi 16 nafar ishtirokchi allaqachon ushbu ko‘rsatkichni yaxshilab bo‘ldi. Shu tariqa Kritinina yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmay, musobaqani yakunladi.

Avvalroq, rasmiylar noto‘g‘ri ma’lumot olinishi natijasida Xalqaro Suzish Federatsiyasi o‘zbekistonlik sportchilarga sanksiya qo‘llagani va vaziyat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotganini ta’kidlangan edi. Biroq vaziyat o‘zgarmagani va yakunda baribir o‘zbekistonlik suzuvchilarning faqatgina ikki nafariga yo‘llanma taqdim etilgani aytib o‘tilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Suzish Nataliya Kritinina

Baholaganlar

10

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing