O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada litsenziyalari 69 taga yetdi
Sport
−
04 iyul
4011Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anastasiya Zelinskaya Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qilgan va ular orasida O‘zbekiston vakili ham bor.
Zelinskaya bo‘lajak bahslarda 400 metrga erkin usulda suzish dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Shunday qilib, hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada uchun yo‘llanmalari soni 69 taga yetdi. Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.