Suvda oqib ketayotgan bolalarni qutqarmoqchi bo‘lgan qutqaruvchilar cho‘kib ketdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan joyda cho‘milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o‘zi cho‘kib ketgani haqida xabar va ungi ilova qilingan video tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa o‘rganilganda, holat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lmagani aniqlangan. 

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy cho‘milish mavsumida O‘zbekistonda 60 nafar odam cho‘kib ketgandi. Fojia qurbonlarining aksariyati ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgan, ayrimlari esa o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan. 


Maqola muallifi

Teglar

FVV

Baholaganlar

5884

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing