Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan kema qachon harakatlanishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Suvaysh kanalida tirbandlikni keltirib chiqargan Ever Given konteyner kemasi bugun, 27 mart kuni joyidan siljitilishi mumkin. Bu haqda "The Wall Street Journal" manbalariga asoslanib xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, kemani "ozod qilish" uchun qilingan harakatlar yaxshi natija bergan. 

"Biz uni ko‘zda tutilganidan oldinroq harakatga keltira olamiz", deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanalining janubiy qismida quruqlikka tiqilib qoldi. Shu sababli, har ikki yo‘nalishda ham kemalar harakati butunlay to‘sib qo‘yildi, kanal to‘silib qolganining zarari deyarli 10 milliard dollarga yetdi.  

Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing