Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Suv xo‘jaligi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lumot berildi.

Xususan, Timur Butunboyev Nuryigitovich suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bungacha u vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Timur Butunboyev 1986 yil 6 noyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2009 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB tergovchisi sifatida boshlagan. 2010-2017 yillarda Ichki ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2024 yillarda Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Habibulla Quvondiqov Otaqulovich esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. 2023 yil iyuldan beri ushbu lavozim bo‘sh turgandi.

Habibulla Quvondiqov 1978 yil 13 iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, moliya-kredit, moliyaviy tahlil, sug‘urta, umumiy menejment, MBA Biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan.

Shuningdek, u 1999 yilda Toshkent Moliya institutini, 2006 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt Ekologiya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vazirlik o'rinbosar Suv xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing