So‘rovnoma: O‘zbekiston JCHga yana chiqolmadi. “Chiqolmaydiyam-da”

Jamiyat

Xabaringiz bo‘lsa, 15 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralash 2-bosqichi doirasidagi oltinchi o‘yinini Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazgandi. Uchrashuv esa mezbon jamoaning 3:0 hisobdagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston bu safar ham Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi. 

Uchrashuvdagi gollarga Salman Alfaraj va Ali Alhassan mualliflik qildi. 25, 33 va 52-daqiqada urilgan gollar saudiyaliklarga g‘alaba keltirdi.

O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng futbol ixlosmandlarining qo‘yni yana “puch yong‘oqqa” to‘ldi. O‘zbekiston nega Jahon Chempionatiga chiqolmayapti, terma jamoani mundialdan ajratib turgan narsa nima? QALAMPIR.UZ mazkur savol yuzasidan odamlar fikrini bilishga qiziqdi va ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.

Milliy terma jamoa nima uchun jahon chempionatiga chiqolmayotganini kimdir futbolchilarning tajribasizligi bilan bog‘lasa, yana kimdir O‘zbekiston ham jahon chempionatiga chiqa olishini, faqat buning uchun biroz vaqt kerak ekanligini aytdi. Xo‘sh, bu borada sizning fikringiz qanday?


Maqola muallifi

Teglar

Qalampir JCh Jahon chempionati Saudiya Terma jamoa

Baholaganlar

1300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing