Ronaldu uchun Saudiyadagi ba’zi qonunlarga ko‘z yumiladi
Sport
−
05 yanvar 2023
25833Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges Saudiya Arabistonida turmush qurmagan juftliklarning bir uyda yashashini taqiqlovchi qonundan ozod qilinadi. Bu haqda Ispaniyaning EFE axborot agentligi xabar berdi.
Saudiya Arabistonidagi islom qonunlari turmush qurmaganlarning bir tom ostida yashashini taqiqlaydi. Biroq Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges bundan mustasno.
Fuqarolik huquqi bo‘yicha ixtisoslashgan saudiyalik huquqshunoslarning aytishiga ko‘ra, arab davlati politsiyasi endi nikohsiz birga yashayotgan xorijlik juftliklarni jinoiy javobgarlikka tortmaydi. Buni taqiqlovchi qonun faqat bunday juftliklarda boshqa jinoyat sodir bo‘lgan hollarda kuchga kiradi.
Jorjina Saudiya Arabistonida yashash uchun viza olishi kerak va uning ikkita yo‘li bor: "Al-Nasr" bilan qandaydir hamkorlikka kirishadi yoki 90 kun davomida mamlakatda doimiy qolish imkonini beruvchi turistik viza oladi.
Biroq mamlakat qonunlariga muvofiq, Saudiya Arabistonining mehnat qonunlari qirollikka kirish vizasini olgan har qanday ayol Saudiya Arabistonida yashovchi erkakning xotini, ishchisi yoki qarindoshi bo‘lishini talab qiladi.
Diplomatik vakolatxonalar turmushga chiqmagan ayolga viza bera olmaydi, lekin Ronaldu uchun bu qonunga ko‘z yumiladi.
LiveBarchasi