Ronalduga Saudiyadan yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
Sport
−
02 Dekabr 2022 10992 1 daqiqa
“Al-Hilol” futbol klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash uchun kurashda “Al-Nassr” bilan raqobatlashadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Al-Hilol” Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi. Klub rahbariyati Ronalduga juda qulay taklif bilan chiqishga tayyor. Biroq bitta qiziq jihat bor. Menga “Al-Hilol” yanvar oyida futbolchilarni sotib ololmasligini aytishgandi. Jamoa faqat yozda transferlarni amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun muzokaralar endi murakkablashadi”, deydi taniqli insayder.
Avvalroq “Al-Nassr” Ronalduga reklamadan tushgan daromadni hisobga olgan holda yiliga 200 million yevroga yaqin maosh bilan 2,5 yillik shartnoma taklif qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr