So‘rovnoma: Respublikachilarning qanchasi Trampni qo‘llashi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH respublikachi saylovchilarining 49 foizi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu “Reuters” va “Ipsos” tadqiqot agentligining hamkorlikda o‘tkazgan so‘rovnomasida o‘z tasdig‘ini topdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 12 foizi AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeylini, 11 foizi Florida gubernatori Ron Desantisni, 4 foizi tadbirkor Vivek Ramasvamini qo‘llab-quvvatlagan. Yana 4 foiz ishtirokchilar Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod sifatida Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori Kris Kristi nomzodiga ovoz berishini bildirgan.

Respondentlarning 22 foizi boshqa siyosatchilarga moyilligini aytgan yoki bu haqdagi savolga javob berishni istamagan.

Ma’lumot uchun, oldinroq Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori Kris Kristi AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qaytarib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyidayoq Tramp 2024 yilgi saylovga nomzodini rasman e’lon qilgan. O‘tgan yilning yanvar oyida saylov kampaniyasi boshlangan bo‘lsa, 2023 yilning dekabr oyida Kolorado va Men shtatlari o‘z hududida Trampning prezidentlikka nomzodini qo‘yishini taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp So'rovnoma prezidentlik Respublikachilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing