Tramp 2024 yilgi prezidentlikka saylovga nomzodini rasman e’lon qildi

Olam

−

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qayta ko‘rsatishini ma’lum qildi. 

"Bugun men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga nomzodimni e’lon qilaman", deydi u kecha, 15 noyabr kuni Floridada o‘z tarafdorlariga maxsus murojaati chog‘ida. 

Tramp bu qarorni “Amerikani yana buyuk va ajoyib davlat qilish” uchun qabul qilganini qo‘shimcha qildi.  

“Ovozlaringizni, qo‘llab-quvvatlashingizni, do‘stligingizni va duolaringizni so‘rayman. Bu aql bovar qilmaydigan, ammo xavfli sarguzasht bo‘ladi", deya qo‘shimcha qildi u. 

15 noyabr kuni ertalab, uning chiqishidan biroz oldin, AQSH Federal saylov komissiyasi veb-saytida Tramp 2024 yilgi saylovlarda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun ariza bergani va buni birinchi bo‘lib topshirgani haqida hujjat paydo bo‘ldi. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden 9 noyabr kuni 2024 yilda davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurash olib borish rejasini e’lon qildi, biroq u yakuniy qarorni kelasi yil boshidagina qabul qilishi haqida ogohlantirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing