Yana bir shtat Trampga prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqladi

Olam

image

Men shtati Amerikaning sobiq prezidenti Donald Trampga prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqladi. Bu haqda shtat rasmiy saytida xabar berildi.

Men shtati davlat kotibi Shenna Bellouzga ko‘ra, Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishdagi roli tufayli AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘ya olmaydi. Uning qayd etishicha, sobiq prezident qo‘zg‘olonda qatnashgani uchun bunday lavozimlarni egallashni taqiqlovchi qonunni buzgan.

“Bu xulosaga kelish men uchun oson bo‘lmadi. Esimda, hech bir Davlat kotibi Konstitutsiyaga kiritilgan 14-o‘zgartirishning uchinchi bo‘limiga ko‘ra, prezidentlikka nomzodga saylov byulleteniga kirish huquqini hech qachon rad etmagan. Shunga qaramay, men prezidentlikka nomzod ilgari isyonda qatnashmaganini ham tan olaman”, deydi Bellouz.

Tramp saylovoldi tashviqoti vakili Stiven Chong jamoa Men sudiga shikoyat qilishini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning avgust oyida Donald Trampga 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishga aloqador federal ayblovlar qo‘yilgandi. Federal sudyalar hay’ati unga to‘rtta modda bo‘yicha ayblov e’lon qildi, ulardan ikkitasi 5 yilgacha, yana ikkitasi esa 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Sobiq prezident o‘z aybini tan olmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Men shtati bu taqiqni joriy etgan ikkinchi shtat bo‘ldi. Avval Kolorado Oliy sudi Donald Trampning AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish huquqiga ega emasligi haqida qaror chiqargandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Men

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing