Tramp prezidentlik kampaniyasini boshladi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp prezidentlik kampaniyasini boshladi. U Nyu-Gempshir va Janubiy Karolinada tarafdorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tramp Janubiy Karolinada 200 kishi bilan suhbat o‘tkazgan.

“Hozir men kuchli g‘azabdaman va har doimgidan qat’iyatliroqman”, deydi Tramp.

O‘tgan yilning noyabr oyida Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Uning vakillari ovoz berishda ishtirok etish uchun Federal saylov komissiyasiga hujjat taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp 2017 yildan 2020 yilgacha AQSH Prezidenti bo‘lgan. 2020 yilda u Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenga saylovda yutqazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing