Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi chiqdi. Aholi evakuatsiya qilindi
Jamiyat
−
02 Sentabr
18811Kecha, 1 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:17 da tumanning “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Fuqarolarning jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
“Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan vazirlik.
Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berishicha, hududga viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar mas’ullari yetib borgan.
Hozirda favqulodda holat sodir bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasini o‘rganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi