Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
Jamiyat
−
31 Oktabr
1355Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi ertaga, 1 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda joriy yilning 29 oktyabr kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tegishli farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga ko‘ra, Termiz shahri va tumanlar hokimliklari, ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal xo‘jalik korxonalariga 31 oktyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirilgan.
Viloyatdagi gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga tabiiy gaz va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Tabiiy gaz bilan qamrab olinmagan aholi punktlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanishi kerakligi qayd etilgan. Termiz shahri va viloyat tumanlarining avariya-tiklash xizmatlari zarur texnika va uskunalarni tayyorlab berishi kerak.
Shuningdek, Oliy ta’lim, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda aholiga ko‘mir yetkazib berish ishlari 1 dekabrga qadar yakunlanishi kerakligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 10 noyabrdan Toshkent shahrida issiqlik tizimi yoqilishi haqida xabar tarqalgandi. “Veolia Energy Tashkent” tashkiloti xodimi esa buni rad etib, ayni paytda tashkilot Toshkent shahrida issiqlik tizimini yoqish uchun Toshkent shahar hokimining qarorini kutayotganini ma’lum qilgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tizimining yoqilishi har yil har xil sanada amalga oshiriladi va bu havo haroratiga bog‘liq.
LiveBarchasi