Termizda 1-sinf o‘quvchisi YTHda vafot etdi
3-sahifa
−
26 yanvar
5337Joriy yilning 23 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Damas mashinasi urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa M-41 avtomobil yo‘lining 1610-kilometrida, ya’ni Termiz tumani Qoraxon mahallasi hududidan o‘tgan qismida ro‘y bergan.
Damas haydovchisi “Termiz-Sho‘rchi” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani turtib yuborgan. Oqibatda bola ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kunning o‘zida tez tibbiy yordam birlashmasida vafot etgan. YTH qurboni Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgani va 8901 nafar inson tan jarohati olgani xabar qilingandi. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, senator Qutbiddin Burhonovning aytishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun amaldagi qonun hujjatlarida ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud emasligini va bu bilan jazo muqarrarligining yetishmasligi yo‘l-transport hodisalari ko‘payishining asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.
LiveBarchasi