Surxondaryodagi davlat bog‘chasi ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani aniqlandi
Jamiyat
−
21 avgust
2078Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yaqinda qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani, binoda sovitish tizimlari yo‘qligi aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatda yashovchi A.N. ismli erkakdan kelib tushgan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganish ishlarida muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolgani aniqlangan.
Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalariga 4 dona sovutgich texnikasi o‘rnatilgan va ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imdagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlangan.
“Hozirda hududiy byudjetdan 2024 yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova lavozimga tasdiqlanganidan beri Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga biron marta hisobotga kelmaganini aytgandi.
LiveBarchasi