Surxondaryoda “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida “VAZ-2106” (“Jiguli”) rusumli avtomashinaning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi, leytenant Elnur Abrayev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni soat 10:10 larda Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga fuqaro A.E. tanishi bilan uning mashinasi yordamida “Jiguli”ni haydab borgan. 

Avtomobil unga o‘rnatilgan propan gaz balloniga metan gazini quyish vaqtida portlab ketgan.  

Oqibatda mashinani shoxobchaga yetkazishga yordam bergan ikkinchi haydovchi va gaz quyish shoxobchasi ishchisi vafot etgan. Fuqaro A.E. esa tan jarohati olib, Denov tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Portlash avtomobilga o‘rnatilgan propan gaz balloniga metan gazini quyish oqibatida kelib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Jiguli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing