Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
13 may
14591Surxondaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 12 may kuni soat 10:30 atrofida Sherobod tumanida 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Sh. Tracker-1 avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Zil yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan va yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Ushbu YTH oqibatida 1 nafar erkak va 4 nafar ayol vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.