Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 8 yashar qiz vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida maktabdan qaytayotgan 2-sinfda o‘qiydigan qizaloq GAZ-53 urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Darband” MFY hududida 8 yoshli 2-sinf o‘quvchisi maktabdan chiqib, uyi tomon ketayotganda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi GAZ-53 rusumli yuk avtomobili harakatlanib kelib, uni urib yuborgan. Oqibatda voyaga yetmagan qizaloq og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasida  vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’sullari tomonidan o‘rganilib, maktab yonidagi ko‘chaga piyodalar yo‘lagi chizilgan. Shuningdek, qizaloq o‘qigan maktabda ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Uychi tumanida Lacetti 11 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgan edi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing