Surxondaryoda “Ulug‘bek xazinasi” topildi
Jamiyat
−
08 mart 2022
27038Surxondaryodagi To‘palang daryosi qirg‘og‘idan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi.
Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To‘palang daryosi qirg‘og‘idan juda ko‘p mis tangalar topib oldi. Olimlar mazkur ashyolar hozirgacha O‘zbekiston hududidan topilgan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi ekanligini ta’kidlashmoqda.
Qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul zarb qilingan bo‘lib, bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilardir. Shuningdek, tangalarning reversida, ya’ni bet tarafida “Samarqand”, “Adliyya” so‘zlari, hijriy 823 (1420 yil), 832 (1428 yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.
LiveBarchasi