Surxondaryoda tuman hokimi jazolandi
3-sahifa
−
14 mart
9379Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi Qosim Mardonovga o‘ziga yuklatilgan vazifalarning ijrosini belgilangan muddatlarda bajarmagani va yana bir nechta sabablar bilan jarima intizomiy jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimining bugun, 14 mart kuni chiqarilgan “Intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risida”gi farmoyishida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, o‘ziga yuklatilgan vazifalarning ijrosini belgilangan muddatlarda bajarmagani, ish faoliyatini noto‘g‘ri tashkil etgani hamda viloyat hokimi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosiga e’tiborsizlik bilan qaragani uchun Angor tumani hokimi Qosim Esonovich Mardonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan “o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi” miqdorida jarima intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karmana tumani hokimi Valijon Yusupovich Adizov ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari, o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgani uchun jazolangan edi.
LiveBarchasi