Surxondaryoda tojikistonlik bola o‘g‘rilari ushlangani yuzasidan izoh berildi (video)
3-sahifa
−
16 may 2024
31241Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tojikistonlik bola o‘g‘rilari ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xabarlar yuzasidan mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Surishtiruvlar natijasi ushbu xabarlarning asossiz va haqiqatdan yiroq ekanini ko‘rsatmoqda.
Videodagi holat Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Videodagi shaxslar Moldova fuqarolari bo‘lib, xo‘jalik buyumlarini sotib yurganini ma’lum qilgan. O‘sha paytda ular bilan mahalliy aholi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Holat yuzasidan tan jarohati olganlar yo‘q.
“Ushbu holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi