Surxondaryoda teplovoz yuk mashinasini urib ketdi (video)
3-sahifa
−
10 avgust 2021 6790 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida teplovoz va “ZIL” yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida 43 yoshli haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7 avgust kuni soat 23:30 lar atrofida Sho‘rchi— Elbuloq temir yo‘l bekatlari oralig‘ida yuz bergan.
“ZIL” yuk mashinasi rezerv teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘ra turib, temir yo‘l kesishmasidagi svetofor chiroqlariga amal qilmasdan yo‘lni kesib o‘tishga uringan. Biroq poyezd yuk mashinasini urib yuborgan.
Oqibatda “ZIL”ni boshqargan 43 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.