Surxondaryoda tadbirkordan 28 ming dollar talab qilgan prokuror ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida bergan yordamini ro‘kach qilib, tadbirkordan 28 ming AQSH dollari talab qilgan katta prokuror ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori viloyatdagi fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan 280 gektar yer maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha mahalliy MCHJ rahbariga buyurtmachi fermer xo‘jaliklar topishda va ular bilan shartnomalar tuzishda hamda MCHJning xizmati uchun bankdan pul mablag‘lari ajratilishida yordam berganligini ro‘kach qilib, 28 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, katta prokuror oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyatining Urganch tumanida yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sobiq komissiya mansabdor shaxslari, tuman qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i va bir nechta shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing