Surxondaryoda sportchi kaltaklandi. Holat bo‘yicha 7 kishi qamoqqa olingan

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda sportchiga hujum uyushtirilgani haqida videoxabar tarqaldi. Videoda 4 ta mashinada kelgan shaxslar qo‘lida bitalar bilan bir kishiga hujum qilganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videoda ko‘rsatilgan holat yuzasidan joriy yil 29 may kuni Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Tergov harakatlari 23 avgust kuni tamomlangan. Hozirda jinoyat ishi sudga yuborish arafasida turibdi.

Avvalroq, Qashqadaryoda MMA jangchisi Elbek Rahimov bir guruh shaxslar tomonidan vahshiylarcha do‘pposlanib, o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

908

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing