Surxondaryoda havoni buzgan asfalt zavodi faoliyati to‘xtatildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida asfalt-beton ishlab chiqaruvchi korxona havoni ifloslantirgani uchun 10 kunga yopildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Denov tuman yo‘l qurilish unitar korxonasida ekologik tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida korxonaning “DS 117” 2Ye asfalt-beton ishlab chiqarish uskunasi nosoz holatda ekanligi aniqlangan. Oqibatda korxona jihozlarining texnik nosozligi sababli “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-24-moddalari (Atmosfera havosini ifloslantirish) talablari buzilgan.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1-qismi 86-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi. Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar korxona faoliyati 10 kun muddatga to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxondaryo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing