Qashqadaryoda MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirildi. 6 kishi qamoqqa olingan

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sport ustasi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida videoxabar tarqaldi. videoda bir guruh shaxslar boshqa bir fuqaroni kaltaklab, mashinaga o‘tkazib olib ketganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, qotillik yuz berganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

2996

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing