Surxondaryoda soxta kvitansiyalar fosh bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
4343O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi byurosining Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan tumandagi elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman pochta aloqa bo‘limi xodimlarining jinoiy harakatlari aniqlandi.
Xususan, tumanning elektr ta’minoti korxonasi mansabdor va ma’sul shaxslari va tuman pochta aloqa bo‘limi xodimlari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil avgust oyidan 2019 yil may oyiga qadar fuqarolardan elektr to‘lovi uchun deb naqd pullarni yig‘ib olib, ularga pul qabul qilingani haqida kvitansiyalar bergan.
Naqd pullarni esa tegishli tartibda kirim qilmasdan, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishib, o‘zlari tomonidan sodir etilgan jinoyatini yashirish va jinoiy javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida “Elektrhisob” PK dasturidan ERI (elektron raqamli imzo) orqali 150 nafar fuqarolarning hisob varag‘idagi pul mablag‘lardan jami 53,1 mln. so‘mni ularning xabardorligisiz, hech qanday hujjatlarsiz asossiz ravishda o‘zlari tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan va 214 nafar fuqarolarning “Elektrhisob” dasturidagi hisob varag‘iga o‘tkazishib, fuqarolarga hisob varag‘iga pul tushganligi haqida ishontirib, ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing 53,1 millionso‘mlik mulkini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi byurosining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi