Surxondaryoda shifokorni kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

0:00
0:00
download

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bosh hamshira boshqa bir hamshira tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Viloyat prokuraturasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 18 oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. o‘ziga tanish bo‘lgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyatda bo‘lgani sababli o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida D.I.ni urib, unga “yengil” tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 23 oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlarining borishi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing