Surxondaryoda opa-uka kelini va uning onasini o‘ldirish uchun “killer” yolladi
Jamiyat
−
28 fevral 2021 16160 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-uka kelini va uning onasini o‘ldirish uchun qotil yollashdi. Bu haqda viloyat televideniyesi lavhasida xabar qilindi.
Unga ko‘ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o‘tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va ish bitgandan so‘ng 3 million so‘m berishni va’da qilgan.
Ammo “killer” sifatida tanlangan fuqaro o‘z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan qotillikdan so‘ng, asl aybdorlar ushlandi.
Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Live
Barchasi