Surxondaryoda onlayn diniy ta’lim bergan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 26 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati sudlari xabar berdi.

Bildirilishicha, yigit joriy yilning 2 iyulidan boshlab Telegram’da “Qur’on va xatim” nomli guruh tashkil qilgan. U 300 ming so‘m evaziga 37 kishiga diniy saboq berib kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu diniy mazmundagi materiallar o‘rganib chiqilgan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, ular hech qanday buzg‘unchilik va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, davlat va konstitutsion tizimga qarshi diniy materiallar emasligi aniqlangan.

U Termiz shahri sudida aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da, sud hukmi bilan yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo onlayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing