Surxondaryoda noyob tog‘ qo‘yini otgan shaxs 412 mln so‘mga “tushdi” (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan tog‘ qo‘yini otgan ovchi hayvonot dunyosiga 412 mln so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, tezkor reyd tadbirida “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida fuqaro T.I. o‘ziga tegishli ov quroli bilan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh “Buxoro tog‘ qo‘yi”ni noqonuniy ravishda ovlagani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu harakatlar orqali “Ov qilish va ov xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 649-sonli qarori ilovasiga ko‘ra, hayvonot dunyosiga 412 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 13 bosh yovvoyi quyonni noqonuniy ovlaganlar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Qizil kitob Ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing