Surxondaryoda noqonuniy universitet ta’sischilari 70 dan ortiq fuqaroni “uxlatdi”

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida tegishli ruxsatnomasiz xususiy universitet tashkil etib, 73 nafar fuqarodan  306,9 mln so‘m undirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryoda fuqarolar M.J. va S.S. o‘zaro til biriktirib, “U.A.” MCHJni tashkil etgan. So‘ng ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini ochib, faoliyat yuritishga tegishli ruxsatnoma olinmagan universitetga o‘qishga qabul boshlangani haqida xabarlar tarqatgan.

Xabarga ko‘ra, ular ushbu universitetda o‘qish istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln so‘mini to‘lov pullari sifatida qabul qilib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishdan avval, ularning O‘zbekiston Respublikasida tan olinganligiga rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing