Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Surxondaryoda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan ota-bolalar qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

O‘zbekistonga Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Denov tumanida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Tojikistondan O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali narkotik moddalarni olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada xonadon yerto‘lasidan 576 gr “geroin”, 2 kg 447 gr “opiy” va 1 kg 913 gr “gashish” moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Shuningdek, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1956 yilda tug‘ilgan otasidan 9 kg 62 gr “gashish” moddasi hamda kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 137 ming 460 AQSH dollari va 569 mln 832 ming so‘m olingan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan akasi va Uzun tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 yilda tug‘ilgan jinoiy sherigi ham qo‘lga olinib, jinoiy sherigining uyidan ham kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 159 ming 400 AQSH dollari olingan.  

DXXning Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangiqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur tumanda yashovchi, 1999 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli sumkalarda jami 19 kg 915 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Marhamat tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining mazkur tuman hududidan o‘tuvchi qismiga kelib, avvalroq Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib berilgan 4 kg 931 gr “opiy” va 9 kg 949 gr “gashish” moddalarini olib, qaytayotgan vaqtida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 (Kontrabanda) va 273-moddalari (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 111 kg narkotik modda musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo narkotik giyohvandlik vositasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing