Surxondaryoda maktab direktori va kotiba pichqolandi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2019
7187Surxondaryoda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashgan er rafiqasi va maktab direktorini pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 5 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta’lim maktabida 1982 yilda tug‘ilgan, ayni vaqtda ishsiz fuqaro B.Yu. o‘zaro janjal tufayli Muzrabot tumanidagi 23-umumta’lim maktabida kotiba bo‘lib ishlovchi turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga bir marotaba zarba bergan. Ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorini tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmokda.
LiveBarchasi